Braziliya futzalchilari 6-oktabr oqshomida “Humo Arena”da qit’adoshlari Argentina 2:1 hisobida yengib, 2024-yilgi mundial g‘olibiga va olti karra jahon chempioniga aylandi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqaning eng so‘nggi bahsidan “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportaj tayyorladi.
O‘zbekiston mezbonlik qilgan 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning bronza medallari uchun bahsda Ukraina terma jamoasi Fransiyani 7:1 hisobida mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu uchrashuvdan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining 6-oktabrda bo‘ladigan finali Janubiy Amerika derbisiga aylanadigan bo‘ldi: Argentina termasi Fransiyaga qarshi yarim finalda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va endi chempionlik uchun Braziliyaga qarshi maydonga chiqadi.
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Xususan, Ukraina va Braziliya o‘rtasidagi dastlabki yarim final o‘yinida Janubiy Amerika vakillari irodali g‘alabaga erishdi. Final 6-oktabr, yakshanba kuni bo‘ladi.
“Humo Arena"ga yig‘ilgan salkam 9 ming muxlis tomonidan xuddi “o‘z uyidagidek” muhit hosil qilinganiga qaramay, Qozog‘iston futzalchilari JCH-2024 yarim finaliga chiqa olmadi: Argentinaga qarshi chorak final o‘yini yirik — 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugadi.
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha JCH-2024 da 29-sentabr kuni ilk yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Braziliya Buxoroda Marokashni 3:1 hisobida yengdi, Ukraina esa Toshkentda Venesuelani 9:4 hisobida tor-mor keltirdi. 30-sentabr kuni Qozog‘iston yarim final uchun Argentinaga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatida 27-sentabr kuni nimchorak final bosqichi doirasidagi so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi: Fransiya Tailandni 5:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Argentina Xorvatiya darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi.
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi mundialning nimchorak finalida navbatdagi sensatsiyalar qayd etildi: Qozog‘iston amaldagi jahon chempioni Portugaliyani mag‘lub etdi. Marokash esa jahon chempionatlarida Eronni mag‘lub eta olgan Afrikaning ilk vakiliga aylandi.
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal mundialida 24-sentabr kuni nimchorak finalning ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Braziliya Buxoroda Kosta-Rikani tor-mor keltirgan bo‘lsa, Ukraina Toshkentda Niderlandiyani mag‘lub etdi. 25-sentabrda pley-offning Ispaniya — Venesuela va Paragvay — Afg‘oniston uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Tojikiston guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinda Panamaga yirik — 3:8 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi. Ammo bu g‘alaba Panamaga baribir pley-off yo‘llanmasini bermadi. Nimchorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida musobaqa debyutanti Afg‘oniston ham bor.
O‘zbekiston futzalchilari mundialdagi yurishni erta to‘xtatdi, ammo qo‘shnilarda ahvol yomon emas. Qozog‘iston shanba kuni Yangi Zelandiyani mag‘lub etib, pley-offga chiqdi. Afg‘oniston esa, Ukrainaga yutqazganiga qaramay, hamon imkoniyatga ega. Kun gollarga boy bo‘ldi, xususan, ikki futzalchi beshtadan gol urdi.
O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi yurishini muxlislar kutganidan erta yakunladi. Jamoa mundialning guruh bosqichi 3-turida Kosta-Rikaga 3:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dastlabki ikki turda o‘zbekistonliklar atigi 1 ochko to‘plagan edi.
O‘zbekiston futzal bo‘yicha o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Kosta-Rikaga qarshi dramatik uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Jamoa guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining oltinchi kungi o‘yinlari yakuniga ko‘ra, Portugaliya, Marokash, Eron va Fransiya ham pley-off yo‘llanmasi masalasini o‘zi uchun ijobiy hal qilib bo‘ldi. Tojik futzalchilari mundialdagi ikkinchi o‘yinda ham alamli mag‘lubiyatga uchradi.
O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining “S” va “D” guruhlarida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqani g‘alaba bilan boshlagan Afg‘oniston bu safar Argentinaga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ukraina Angolani, Qozog‘iston esa Liviyani yirik hisobda taslim etdi.
O‘zbekiston futzal termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining ikkinchi o‘yinida ham g‘alaba qozona olmadi. Aksincha, Paragvayga qarshi o‘yin o‘zbekistonliklarning yirik hisobdagi mag‘lubiyati bilan tugadi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf uchrashuv lahzalarini kadrlarga muhrladi.
O‘zbekiston termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Paragvayga yirik — 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, mundial pley-offga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. Paragvaydan tashqari Tailand va Braziliya ham nimchorak finalga chiqib bo‘ldi.
Futzal bo‘yicha mundialda O‘zbekistonga qo‘shni uchinchi mamlakat — Tojikiston ham o‘z yurishini boshladi. Ammo tojiklarning jahon chempionatidagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi — jamoa Marokashga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Buxoro va Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘rttala o‘yinning birortasida oltitadan kam gol urilmadi.
Futzal bo‘yicha mundialning ikkinchi kuni O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi o‘z yurishini boshladi: Afg‘oniston Angola ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Qozog‘iston o‘z darvozabonining sanoqsiz seyvlari evaziga bir ochkolik bo‘ldi. Dushanba kuni yana bir qo‘shni mamlakat — Tojikiston ilk o‘yinini o‘tkazadi.
O‘zbekistonda 14-sentabr kuni futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston futzalchilari Niderlandiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu o‘yin lahzalarini kadrlarga muhrladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting